Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan shaxsni qutqardi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 3 yanvar kuni soat 19:18 atrofida Bektemir tumanidagi Qo‘yliq bozori yonidagi ko‘prik yonida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan fuqaro pastga sakramoqchi bo‘lgan.

Qo‘riqlash xizmati xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va hamjihatlik bilan harakat qilib, ularning hayotini saqlab qolgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.