1-yanvar kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida Cobalt avtomobili poyezd bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, YTH qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi svetoforning qizil chirog‘i va yo‘l belgilariga qaramay, yo‘l harakati qoidalarini mensimasdan, chorrahaga chiqib ketgan. U poyezdga yo‘l bermadi, natijada to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Mashina haydovchisi tan jarohati olgan, u shifoxonaga yetkazilgan. Avtomobil kuchli poyezd zarbasi natijasida vayron bo‘ldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.