O‘zbekiston 2030-yilga borib vizasiz kirish imkoniyatiga ega mamlakatlar sonini 50 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Vizasiz munosabatlarni rivojlantirish choralari yangilangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida o‘z aksini topgan.

Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonliklar vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi: 2026-yilda — 37 tagacha, 2027-yilda — 42 tagacha, 2028-yilda — 45 tagacha, 2029-yilda — 48 tagacha, 2030-yilda — 50 tagacha. Bundan tashqari, kirish soddalashtirilgan davlatlar sonini 60 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, kamida uchta davlat bilan fuqarolarning ID-kartalar asosida chegaralarni erkin kesib o‘tish imkoniyati bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.