Toshkent aeroportida tuman tufayli samolyotlarni qabul qilish va chiqarish bo‘yicha cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish masofasi 700 m) tufayli havo kemalarini qabul qilish va chiqarish bo‘yicha ayrim cheklovlar joriy etildi.

Ekipajning nomuvofiq toifasi tufayli Centrum Air aviakompaniyasining Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha S6550 va Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 9S3304 reyslari Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.