6-dekabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida elektr ta’minoti qisman uzildi. Bu haqda RET matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rejali ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda soat 12:00 dan 14:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
- Fidokor, Mashinasozlar, Do‘stobod va Selmash mahallalari
Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng, elektr ta’minoti tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.