6-yanvar kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda.
Shu munosabat bilan quyidagilar gazsiz qoldirildi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani, soat 09:00 dan 18:00 gacha: Beshkapa mahallasi;
- Olmazor tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: Qorasaroy mahallasi.