AQSH “endi Amerika manfaatlariga xizmat qilmaydigan” 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqadi. Bu haqda Oq uy prezident Donald Tramp farmoniga tayanib xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tashkilotlardan biri BMT tuzilmalari bo‘lib, Oq uyning fikriga ko‘ra, ular milliy manfaatlar, xavfsizlik, iqtisodiy farovonlik yoki AQSH suverenitetiga zid ravishda harakat qiladi. Farmon AQShning barcha ijroiya departamentlari va agentliklariga ushbu tashkilotlarda ishtirok etish va moliyalashtirishni to‘xtatishni buyuradi.
Bu AQShning ustuvor yo‘nalishlariga zarar yetkazadigan global manfaatlarni ilgari suruvchi yoki muhim masalalarni samarasiz yoki oqilona hal qilmaydigan tashkilotlarni moliyalashtirish va amerikalik soliq to‘lovchilarning ishtirokiga chek qo‘yadi, — deyiladi Oq uy xabarida.
Farmon ta’sir doirasiga, xususan, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi, BMTning Xalqaro savdo markazi, shuningdek, BMTning iqlim va mehnat huquqi masalalari bilan shug‘ullanuvchi muassasalari kiradi.