Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari holati bo‘yicha ma’lumot berdi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat zaxiralari 5 mlrd dollardan ko‘proqqa oshgan. 2025-yil dekabr oyida ular 61,2 milliard dollarni, 2026-yil boshiga kelib esa 66,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu statistika yuritilgan davrdagi rekord ko‘rsatkichdir.
Oltinning fizik hajmi 12,6 million troya unsiyasini, qiymati esa 55 milliard dollarni tashkil etdi. Valyuta zaxiralari 9,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Yil davomida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 25 mlrd dollardan ko‘proqqa oshdi.