O‘zbekistonda aholining chiqindi tashish xizmatlari uchun debitor qarzdorligi 622,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi texnologiyalarning joriy etilishi natijasida amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan 211,9 mlrd so‘m miqdoridagi noreal debitor qarzdorlik elektron tizimdan chiqarildi.
2015 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholiga hisoblangan 1 trln 454 mlrd so‘mlik to‘lovlarning 1 trln 304 mlrd so‘mi yoki 90 foizi to‘lab berilgan. Bugungi kunda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi 622,7 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
9 452 ta mahallada yashovchi 37,5 mln aholining 8 105 tasida xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, bu 87 foizni, aholi soni bo‘yicha esa 23,9 mln kishini yoki 64 foizni tashkil etadi.
SMS-xabarnoma yuborilgandan so‘ng qarzdorlik to‘lanmagan taqdirda, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha cheklash amaliyoti joriy etildi.