2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 80 653 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 18 mingdan ortiq kishiga kamaygan.

O‘zbekistonga qaysi davlatlar fuqarolari davolanish maqsadida tashrif buyurgan:

  • Tojikiston — 55 851;
  • Qirg‘iziston — 14 296;
  • Qozog‘iston — 7 633;
  • Rossiya — 1 820;
  • Afg‘oniston — 678;
  • Turkmaniston — 219;
  • Turkiya — 47;
  • AQSH — 15;
  • Xitoy — 15;
  • Ozarbayjon — 10;
  • boshqa mamlakatlar — 69.