9-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi 3-15 daraja iliqni, shimoli-g‘arbda 3-8 daraja iliqni, markaziy viloyatlarda 8-13 daraja iliqni, sharqda 5-10 daraja iliqni, janubda 10-15 daraja iliqni tashkil etadi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushadi, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.