O‘zbekistonda tibbiy buyumlarni klinik sinovdan o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Quyidagi tibbiy buyumlar klinik sinovlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak:

  • xavfsizlik tasnifi bo‘yicha I sinfga mansub tibbiy buyumlar;
  • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dastlabki malakalashdan o‘tkazilgan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan in vitro diagnostika uchun tibbiy buyumlar;
  • ilgari klinik sinovlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan tibbiy buyumlar.

Klinik sinovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni Markaz tavsiyasiga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspert kengashi qabul qiladi. Klinik sinovlar tibbiy buyumning xavfsizlik darajasiga qarab kamida 20 nafar sinaluvchi ishtirokida o‘tkaziladi.