O‘zbekistonda 9-yanvar va dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda tuman tushishi saqlanib turadi, shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunlarda havo harorati ko‘tariladi. Hududning katta qismida kunduz kuni havo 8-11 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari 12-15 daraja iliqqacha isiydi. Kechasi ham harorat ko‘tariladi, yakshanba kuni 0-3 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Shanba va yakshanba kunlari harorat kechalari 1-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-15 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.