Samarqand viloyatida ayol tug‘ruqxona yonida farzandini dunyoga keltirib, axlat qutisiga tashlab yubordi. Bu haqda Zamon reportajida so‘z boradi.

Voqea Payariq tumanida sodir bo‘lgan. Ayol chaqaloqni tug‘ib, tug‘ruqxona yonidagi hojatxona axlat qutisiga tashlab ketgan. Ayolning xatti-harakatlari kuzatuv kameralariga muhrlangan, shundan so‘ng voqea tafsilotlari aniqlangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘lik holda topildi.

IIB xabariga ko‘ra, hozirda ekspertiza tayinlangan. Bolaning tirik tug‘ilganligi yoki o‘lik tug‘ilganligi aniqlangandan so‘ng, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinadi. Ekspertiza xulosasi e’lon qilingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.