Toshkentda Uchtepa tumani hokimligi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi tadbirkordan buzilishi kerak bo‘lgan savdo va boshqa obyektlar ro‘yxati shakllantirilganini aytib, 3 ming dollar talab qilgan. Yuqoridagi summa evaziga u o‘zining yuqori lavozimdagi tanishlari yordamida tadbirkorga tegishli do‘konni tegishli ro‘yxatga kiritmaslikka va’da bergan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari hokimlik xodimini pul olayotgan vaqtda qo‘lga olgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.