10-yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi 5-18 daraja iliqni, shimoli-g‘arbda 5-10 daraja iliqni, markaziy viloyatlarda 10-15 daraja iliqni, sharqda 3-8 daraja iliqni, janubda 13-18 daraja iliqni tashkil etadi. Shamol asosan sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi, shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.