2025-yilda 248 kishi ish joyidagi baxtsiz hodisalar natijasida halok bo‘lgan. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar bermoqda.
Organ ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha mehnat faoliyati bilan bog‘liq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Shundan 50 tasi guruhli baxtsiz hodisa, 583 tasi og‘ir oqibatli, 216 tasi o‘lim bilan tugagan.
Ish joyidagi bunday hodisalar natijasida 961 kishi jarohatlangan: 680 kishi og‘ir, 33 kishi yengil tan jarohati olgan, 248 kishi halok bo‘lgan. O‘tgan yil davomida eng ko‘p baxtsiz hodisalar qurilish (234 ta), yengil sanoat (47 ta) va transport (37 ta) sohalarida sodir bo‘lgan.
Hududlar kesimida baxtsiz hodisalarning eng ko‘pi Toshkent (153 ta), Toshkent va Andijon (75 tadan) viloyatlarida, eng kami esa Xorazm va Surxondaryo (16 tadan) viloyatlarida qayd etilgan.
Og‘ir oqibatlarga olib kelgan mehnat qonunchiligini buzganlik uchun 432 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 241 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.