O‘zbekistondan Tojikistonga 1 mlrd so‘mdan ortiq dori-darmonlarni noqonuniy olib chiqishga urinishgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bekobod shahridagi Farhod chegara bojxona postida 26 yoshli mahalliy fuqaro boshqaruvidagi «Lochin» rusumli mototransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Tirkama tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlari orasida yashirilgan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan dori vositalari, jumladan, Immunoglobulin, Ferritin va boshqa (jami 21 nomdagi) 1 mlrd 50 mln so‘mlik dori vositalari borligi aniqlangan. Preparatlar olib qo‘yilgan. Olib qo‘yilgan dori vositalari yuzasidan ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.