Samarqandda barcha bino va inshootlar, yer maydonlari kosmik texnologiyalar yordamida raqamlashtirilib, 3D formatda taqdim etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar obyektlari allaqachon tegishli axborot platformasiga kiritilmoqda. Ish natijalari maxsus geoportalga joylashtiriladi.

Gaz, suv va elektr kommunikatsiyalarining texnik holatini kuzatish imkonini beruvchi 3D modeli va yer osti kommunikatsiyalari. Hududlar rivojlanishini samarali boshqarish, rejalashtirish va monitoring qilish, aqlli shaharsozlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, zamonaviy xaritalash usullari yordamida iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yagona geofazoviy ma’lumotlar platformasi yaratilmoqda.