Surxondaryoda xotinini bolasi bilan shiyponga qamab, och qoldirgan Ashur Shamsiyevga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan aybdor deb topilgan:
- 126-1 (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik);
- 127 (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);
- 135-modda orqali 25-modda (Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish);
- 138 (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish).
Ishning yana uch nafar ayblanuvchisi Jinoyat kodeksining moddalari bilan sudlangan:
- 104 (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish);
- 127 (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);
- 135-modda orqali 25-modda (Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish);
- 138 (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish).
Shamsiyevni 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish, ikki ishtirokchini 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish, ishning boshqa figurantini 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilishdi.