Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 5-avtobus saroyi hududida avtobuslardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:22 da yetib borib, yong‘in soat 02:32 da bartaraf etilgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in 2018 yilda ishlab chiqarilgan MAN A22 CNG avtobusida sodir bo‘lgan.
Bir kun avval 10 yillik tajribaga ega avtobus haydovchisi reyslarni amalga oshirib, unga yoqilg‘i quygan, shundan so‘ng transport vositasini avtoturargohga qo‘ygan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.