AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan hamkorlik qilayotgan davlatlarga nisbatan 25 foizlik bojlar joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Oq uy rahbarining yozishicha, qaror zudlik bilan kuchga kiradi va Tehron bilan ish olib borayotgan har qanday davlatga taalluqli. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning asosiy savdo hamkorlari Hindiston, Turkiya va Xitoy hisoblanadi. Tramp allaqachon Rossiya neftini sotib olgani uchun hind tovarlariga 50 foizgacha boj joriy qilgan.

Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha 25 foizlik tariflar AQSH prezidenti o‘tgan yil oxirida Xitoy raisi Si Szinpin bilan tuzgan savdo sulhini buzishi mumkin.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livittning aytishicha, Tramp norozilik namoyishlarini qattiq bostirish, jumladan aviazarbalar sababli Eronga qarshi har qanday harakatlarni ko‘rib chiqadi, biroq birinchi variant sifatida diplomatiyani ko‘radi.