O‘zbekistonda pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi uchun jarima miqdorini oshiruvchi “Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

MJtKning 185-1-moddasiga ko‘ra, jarima miqdori huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan (6,18 mln so‘m) 25 baravarigacha (10,3 mln so‘m) etib belgilangan. Amaldagi tahrirga ko‘ra, jarima BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha.

Pirotexnika buyumlari pirotexnika tarkibining yonishi (portlashi) hisobiga optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalar hisoblanadi.

O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, mamlakat hududiga olib kirish, tashish, topshirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish faqat I xavflilik darajasiga, II-V xavflilik darajasiga ega bo‘lganlari esa taqiqlanadi.

Qayd etilishicha, qonun 3 oydan keyin kuchga kiradi.