Rossiyada 2027-yil 31-martgacha migrantlar farzandlarining mamlakat hududida bo‘lish shartlarini aniqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qoidalar voyaga yetmaganlarning ta’lim tashkilotlariga borishi yoki bormasligiga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, ularning qonuniy vakillari bilan ishlash mexanizmi belgilanadi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Maorif vazirligi mas’ul etib tayinlandi. Tegishli chora Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan voyaga yetmagan chet el fuqarolari bilan ishlashni tashkil etishga qaratilgan.