Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 64-sonli umumta’lim muassasasining 11-sinf o‘quvchisi shu maktabning 9-sinf o‘quvchisiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi. MMTB holatga izoh berdi.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, voqea bir necha oy oldin maktab tashqarisida va o‘quv jarayonidan tashqarida sodir bo‘lgan. Muassasa ma’muriyati voqea tafsilotlarini zudlik bilan o‘rganib chiqdi.

Voqea ota-onalar ishtirokida muhokama qilinib, IIB xodimlariga yetkazilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir bo‘lgani uchun huquqiy baho vakolatli organlar tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida beriladi. Mazkur holat yuzasidan maktab ma’muriyati tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilmoqda.