AQSH Davlat departamenti 21-yanvardan 75 mamlakat fuqarolariga immigratsion vizalar berishni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi.

Cheklovlar nomuayyan muddatga – ariza beruvchilarni tekshirish va tanlab olish tartib-taomillarini qayta ko‘rib chiqish tugaguniga qadar amal qiladi. Konsullik xodimlariga AQSH ijtimoiy yordam tizimiga tushishi mumkin bo‘lgan yuk bilan bog‘liq xavflar baholanayotgan bir paytda amaldagi qonunchilik doirasida viza berishni rad etish topshirildi.

Chora davlat nafaqasini potensial oluvchilar sifatida tan olinishi mumkin bo‘lgan shaxslarning mamlakatga kirishining oldini olishga qaratilgan.

Fuqarolari uchun pauza joriy etiladigan mamlakatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan:

  • Afg‘oniston, Albaniya, Jazoir, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon, Bagama, Bangladesh, Barbados, Belarus, Beliz, Butan, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Myanma, Kambodja, Kamerun, Kabo-Verde, Kolumbiya, Kot-d’Ivuar, Kuba, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Misr, Eritreya, Efiopiya, Fiji, Gambiya, Gruziya, Gana, Grenada, Gvatemala, Gvineya, Gaiti, Eron, Iroq, Yamayka, Iordaniya, Qozog‘iston, Kosovo, Quvayt, Qirg‘iziston, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Shimoliy Makedoniya, Moldova, Mo‘g‘uliston, Chernogoriya, Marokash, Nepal, Nikaragua, Nigeriya, Pokiston, Kongo Respublikasi, Rossiya, Ruanda, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadin orollari, Senegal, Serra-Leone, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya,

Arizalarni ko‘rib chiqishda Amerika rasmiylari yosh, salomatlik holati, ingliz tilini bilish darajasi, moliyaviy ahvol va uzoq muddatli tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtimoliy ehtiyoj kabi keng ko‘lamli omillarni hisobga oladi. Ilgari olingan ijtimoiy yordam ham rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.