Sinoptiklar O‘zbekistonning olti viloyatida qor ko‘chishi xavfi borligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi munosabati bilan 16-19 yanvar kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi:
- Toshkent viloyati bo‘yicha: Ohangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida (Chotqol tog‘ tizmasi);
- Namangan viloyati: Pop tumanida;
- Qashqadaryo viloyati bo‘yicha: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Samarqand viloyati bo‘yicha: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati bo‘yicha: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida.