Olimlar Quyoshda oxiridan oldingi quvvat sinfidagi chaqnashni qayd etishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
M1.6 chaqnashi 15-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:33 da qayd etilgan bo‘lib, uning davomiyligi 40 daqiqani tashkil etgan. Quyosh chaqnashlari rentgen nurlarining quvvatiga qarab besh sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X.
Quyosh chaqnashlari rentgen nurlarining quvvatiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal sinf A0.0 Yer orbitasidagi har kvadrat metrga 10 nanovatt nurlanish quvvatiga to‘g‘ri keladi. Keyingi harfga o‘tganda quvvat 10 marta ortadi. Chaqnashlar, odatda, quyosh plazmasi emissiyasi bilan birga keladi, uning bulutlari Yerga yetib borgach, magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.