15-yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati kunduzi 0-15 daraja iliqni, shimoli-g‘arbda 0-5 daraja iliqni, markaziy viloyatlarda 10-15 daraja iliqni, sharqda 5-10 daraja iliqni, janubda 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi, g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.