Toshkentda qalbaki xorijiy valyutani sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam sudlangan fuqaro o‘z tanishi ishonchiga kirib, 4 tonna pomidor yetkazib berish bahonasida undan 4 ming dollar olganligi aniqlangan. Olingan pullarni u shaxsiy ehtiyojlariga sarfladi.

Shundan so‘ng u qarzini qaytarishni istamagan va tanishiga 40 dona 100 dollarlik qalbaki banknotlarni bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.