Farg‘ona viloyatida to‘rt erkak 14 yoshli qizni zo‘rladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 9 yanvar kuni Uchko‘prik tumanida sodir bo‘lgan, huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyat sodir etishda gumonlanib, 23 yoshli to‘rt nafar yigitni qo‘lga olgan. Holat yuzasidan 10 yanvar kuni Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi (O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tayinladi. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani idorasining ma’lum qilishicha, bola huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonova vaziyatni nazoratga olgan.