Rossiyada migrantlarni maqsadli ishga qabul qilish bo‘yicha tajriba o‘tkaziladi. Bu haqda hukumatning tegishli farmoyishiga tayanib, TASS xabar bermoqda.
Tajribani o‘tkazishga tayyorgarlik Moskva va Moskva viloyatidan tashqari butun mamlakat hududida amalga oshiriladi. Eksperiment xorijliklarni ular yashaydigan davlatlarda tanlab olish va Rossiyada ishlashga tayyorlash uchun infratuzilmani yaratishni o‘z ichiga oladi.
2026-yil 15-mayga qadar ushbu eksperimentni o‘tkazish bo‘yicha federal qonunlar loyihalari tayyorlanishi kerak, ular Rossiya Federatsiyasi hukumatiga kiritiladi. 1 dekabrga qadar axborot tizimini yaratish va mobil ilovasini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.