Toshkentda Taftish.uz jurnalistlari qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida nashr rahbari G‘ayrat Aberayev, shuningdek, Azizjon Yo‘ldoshev, Sardor Hamidov, Marjona Eshquvvatova va Dilshod Nishonov kabi xodimlar bor.
Ular 16 yanvar kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 168-moddasi (firibgarlik) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari ularning 139-modda (tuhmat) va 244−6-moddalarda (yolg‘on ma’lumot tarqatish) nazarda tutilgan jinoyatlarga aloqadorligini tekshirmoqda.
Toshkent shahar IIBBning aniqlik kiritishicha, tahririyat yopilmagan va o‘z faoliyatini odatdagidek olib bormoqda. Ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.