O‘zbekistonda mahkumlar o‘z mablag‘lari hisobidan bir marta 15 daqiqalik masofaviy videoqo‘ng‘iroq yoki telefon so‘zlashuvidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning masofaviy videoaloqadan foydalanish huquqini mustahkamlashni nazarda tutadi. Endilikda mahkum masofaviy videoaloqadan yoki 15 daqiqa davom etadigan telefon orqali so‘zlashuvdan bir marta foydalanish huquqiga ega bo‘lib, buning uchun to‘lov uning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ilgari mahkumga faqat 15 daqiqa davom etadigan bitta telefon suhbati huquqi berilgan. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran — 15-yanvardan kuchga kirdi.