17-yanvar kuni O‘zbekistonda epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan ikkita zilzila sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.

Birinchi zilzila soat 15:17 da qayd etilgan. Zilzila episentri Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida bo‘lgan. Magnituda 2,9. Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 214 km janubiy-sharqda.

Oʻzbekistondagi yer silkinishlarining kuchi:

  • Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 2 ball, 21 km.

Keyingisi 18:11 da bo‘ldi. Zilzila episentri Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida bo‘lgan. Magnituda 3,3. Chuqurlik 7 km. Zilzila episentri Toshkentdan 215 km janubiy-sharqda.

Oʻzbekistondagi yer silkinishlarining kuchi:

  • Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 2 ball, 22 km;
  • Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 2 ball, 28 km.