17-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin.
Havo harorati kunduzi 2 daraja sovuq – 7 daraja iliqni, shimoli-g‘arbda 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, markaziy viloyatlarda 0-5 daraja iliqni, sharqda 0-5 daraja iliqni, janubda 2-7 daraja iliqni tashkil etadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi, g‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.