O‘zbekiston allaqachon AQSH bilan o‘zbekistonliklar uchun mamlakatga viza olishni soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda mamlakatning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov ma’lum qildi.

Sidiqovning so‘zlariga ko‘ra, AQShga vizasiz kirish uzoq davom etadigan jarayon. Biroq bu borada muzokaralar olib borilmoqda. Albatta, aynan qanday viza rejimi joriy etilishi va qanday shartlar asosida amalga oshirilishi AQSH hukumatining ichki siyosatiga bog‘liq.

U bugungi kunda O‘zbekiston-AQSH munosabatlari tarixiy cho‘qqiga chiqqanini ta’kidlab, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi.

O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekiston va AQSH prezidentlari o‘rtasida to‘rtta muloqot bo‘lib o‘tdi: ikkita telefon muloqoti, Nyu-York va Vashingtonda ikkita uchrashuv. Natijada keng ko‘lamli kelishuvlarga erishildi. Bu AQSH hukumatining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga e’tibori, mamlakat salohiyati va biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligidan dalolat beradi, — dedi diplomat.

Furqat Sidiqov, shuningdek, 2026-yil yanvar oyi oxiridan boshlab O‘zbekistondagi AQSH fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilishini ma’lum qildi. Buning natijasida sayyohlar soni 3 barobar ko‘payishi kutilmoqda.

Diplomat, shuningdek, hozirda vizasiz kirish bo‘yicha nafaqat AQShda, balki Braziliya, Kanada va boshqa mamlakatlarda ham muntazam muzokaralar olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.