O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA Series turniriga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

FIFA Series — FIFA tomonidan har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro turnir bo‘lib, unda turli konfederatsiyalar terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Musobaqalar to‘rtta jamoa ishtirokidagi mini-turnirlar shaklida o‘tkaziladi va barcha uchrashuvlarga bitta mezbon davlat mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan musobaqa Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etiladi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasidan tashqari Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari ham ishtirok etadi.