19 va 20-yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
19-yanvarda faqat Navoiy viloyatida va ertalab Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida biroz qor yog‘adi. 20-yanvar kuni kechki soatlarda faqat respublikaning janubi-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
21-23 yanvarda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Haftaning birinchi yarmida havo harorati kechalari 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Ikkinchi yarmida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda, kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda ushbu haftada harorat asosan kechalari 8-13 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, 23-yanvarga kelib 3 daraja iliqqacha bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 21-22 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent shahrida 19-21 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 2 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 3-6 daraja iliq, chorshanba kuni 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
22-23-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 22 yanvarda kechasi va kunduzi 0-2° iliq, 23 yanvarda kechasi 3-6° sovuq, kunduzi 0° ga yaqin bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.