Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro tashabbusga qo‘shilish taklifini topshirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ushbu tashabbus 2025-yil 29-sentyabrda e’lon qilingan va jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan G‘azodagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha kompleks rejaga asoslangan.

Tashabbusning asosiy elementi uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni shakllantirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan davlatlarni birlashtirishga mo‘ljallangan yangi xalqaro tuzilma – Tinchlik Kengashini tuzishdir.

O‘zbekistonga Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etildi. Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga javob maktubi yo‘llab, unda O‘zbekiston kengashga qo‘shilishga tayyorligini bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanishini ta’kidladi.