19-yanvarda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida, ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, kechqurun Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Joylarda tuman. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq.