20-yanvar kuni O‘zbekistonda “qizil” darajadagi ekstremal magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu haqda Meteonova ma’lumotlarida aytiladi.

Geomagnit buzilishlar kuchi 7 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 08:00 da 5 ball bilan boshlangan, shundan so‘ng ko‘rsatkich 7 ballgacha ko‘tariladi. Quyosh zarbalari kuchi faqat 21-yanvar kuni kechga borib 3 ballgacha pasayadi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.