O‘zgidromet ob-havoning keskin o‘zgarishi haqida shoshilinch ma’lumot tarqatdi.

22-24 yanvarda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.

22-yanvarda, 23-yanvarda kechasi va ertalab O‘zbekiston bo‘yicha asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 22-23-yanvar kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 22-24 yanvarda harorat kechasi 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuqqacha – 2 daraja iliqqacha pasayadi; shimolda kechasi 12-15 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-5 daraja sovuq bo‘ladi.