Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida pensiya to‘lovlarini naqd pulga o‘tkazish imkoniyati joriy etildi.
Buning uchun ariza beruvchilar YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari va/yoki avtorizatsiyadan o‘tishlari hamda tegishli so‘rov yuborishlari lozim.
Xizmat olish uchun qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish shart emas. Bunda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ham murojaat qilish talab etilmaydi. Xizmat haqi bepul.