O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi talqiniga ko‘ra, OFKning 2025 yilgi ramziy terma jamoasidan joy oldi.
Undan tashqari, Zion Suzuki, Reo Xatate, Kaysyu Sano, Ritsu Doan, Takefusa Kubo (Yaponiya), Kim Min Je, Li Kan In, Son Xyn Min (Janubiy Koreya), Muhammad Kanno va Salem Al-Dosari (Saudiya Arabistoni) terma jamoaga chaqirilgan.