28-yanvar kuni kunduzi yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi bilan), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq, ba’zi joylarda 3° sovuqqacha bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi bilan), tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 5-10 m/s. Ertalab harorat 2-4 daraja iliq, kunduzi esa 0-2 daraja sovuqgacha pasayadi.

Tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq.