28-yanvar kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon shaharchasi hududida kuchli yog‘ingarchilik natijasida 300 kub metrga yaqin qor ko‘chkisi kuzatildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa taxminan soat 06:00 dan 11:00 gacha sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, moddiy zarar yetkazilmagan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zgidromet mutaxassislari tomonidan hududdagi ob-havo o‘zgarishlari doimiy monitoring qilib borilmoqda.