O‘zbekistonda 2026-yil fevral oyining birinchi besh kuni nam ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Mamlakatda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Keyinchalik oy oxirigacha harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 13-18 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Har o‘n kunlikda 2-3 kun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.