Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

Yakshanba kuniga kelib, respublikaning ayrim hududlarida havo harorati 40–42 darajagacha ko‘tariladi, ayrim joylarda chang-to‘zonli shamol kuzatilishi, sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekiston

O‘zbekistonda bugun va dam olish kunlari kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Yakshanba kuniga kelib havo 36–39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa 40–42 darajagacha isiydi.

Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

24-iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi havo harorati 34–36 daraja, shanba kuni kechasi 21–23 daraja, kunduzi 35–37 daraja, yakshanba kuni kechasi 22–24 daraja, kunduzi 36–38 daraja bo‘ladi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Yangi haftada O‘zbekistonda issiq pasayadi O‘zbekiston Noyabrda O‘zbekistonda havo sovishi, ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin O‘zbekiston O‘zgidromet: 28-oktabrda ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi O‘zbekiston Ish haftasi oxiriga borib O‘zbekistonda havo 25 darajagacha isiydi O‘zbekiston