Samarqand viloyatida 20 kg dan ortiq opiy olib qo‘yildi — DXX

Idoraga ko‘ra, giyohvandlik vositasi Renault yuk mashinasida olib kirilgan va Ishtixon tumanidagi uyda aniqlangan.

O‘zbekiston
Иллюстративное фото: Bernard Gagno / Wikimedia Commons, CC BY-SA 3.0

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi uyda 20 kg 239 g ekstraktsiyali opiy aniqlanib, olib qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati 27-oktabr kuni ma’lum qildi.

Idora talqiniga ko‘ra, chet el fuqarosi giyohvandlik vositasini o‘zi boshqargan Renault yuk avtomashinasida xorijdan olib kirgan. DXX modda yuk mashinasidagi xufiyona joy va ikkita akkumulyator ichiga yashirilganini bildirdi. Xabarda shaxsi aniqlanayotgan qo‘shni respublika fuqarosi bilan til biriktirilgani haqidagi taxmin ham keltirilgan.

Xorijlik vaqtincha yashab turgan uy DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda ko‘zdan kechirilgan.

Chet el fuqarosi va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davomida boshqa aloqador shaxslar aniqlanmoqda.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
DXX Toshkent va Farg‘onadagi uchta giyohvandlik holati bo‘yicha jinoyat ishlari ochilganini bildirdi O‘zbekiston Jizzaxda DXX xodimlari erkakdan qariyb besh kilogramm marixuana topishdi Янгиликлар Toshkentlik er-xotin giyohvand moddalarni yumshoq oʻyinchoq ichiga yashirgan. Ular bilan yana toʻrt kishi ushlandi O‘zbekiston Bu yil Oʻzbekistonda qancha ekstremistik sayt topildi: maxsus xizmat rahbari raqamni aytdi O‘zbekiston